Загрузка...
Внимание! Сайт работает в тестовом режиме!

Muzeylar sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi muhokama qilindi.

 

Joriy yilning 13-yanvar kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Madaniy meros agentligi tomonidan 2025-yilda muzeylar sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan “Zamonaviy muzeyshunoslik va Yangi O‘zbekiston muzeylari: nazariya, amaliyot, istiqbollar” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev, respublikaning yirik davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari va uy-muzeylari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida mamlakatimiz muzeylarida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy muzeyshunoslik yondashuvlari, innovatsion texnologiyalarni keng  joriy etish, fondlarni saqlash va ekspozitsiyalarni boyitish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzeylar faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari, madaniy-ma’rifiy loyihalar hamda xalqaro tajribalarni qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobotlar taqdimotlari o‘tkazildi.

Seminarda  Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlarni  tahlil qilib, sohani rivojlantirishning kelajakdagi istiqbollari haqida tegishli ko'rsatma va topshiriqlarni berdi.

Seminarrning ikkinchi kunida tadbir ishtirokchilari uchun O'zbekiston davlat Geologiya muzeyi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeylariga sayohat tashkil etildi.