Joriy yilning 18-iyun kuni Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida Madaniy meros agentligi direktorining o‘rinbosari Azizdjan Aripdjanov ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
➡️Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlari, taklif va muammolari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda Zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etish imkoniyati ham yaratildi.